Kutubxona

Foydali kitoblar

Yangi olma navlari va ularning xususiyatlari
Yevropa ittifoqi mamlakatlariga qanday qilib eksport qilish kerak meva-sabzavot mahsulotlari misolida
"Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilish: meva va sabzavot mahsulotlar misolida" bo'yicha amaliy qo'llanmada Yevropa ittifoqidagi importni tartibga solish, jumladan tarif, soliq, bojxona tartiblari va xujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha umumiy ma'lumot bilan bir qatorda, oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan xavfsizlik va standartlarning talablari batafsil yoritilgan. Yevropa ittifoqining talablari O'zbekistonning asosiy 5 eksportbop hisoblanadigan mahsulotlar asosida tushuntirib berilgan.
Yuklash

Yangi olma navlari va ularning xususiyatlari
Yangi olma navlari va ularning xususiyatlari
Ixcham hajmdagi, illyustratsiyalashtirilgan kartochkalar - keng tarqalgan olma navlari va uning xususiyatlari haqida axborotni o'z ichiga oladi. Mazkur kartochkalar "Sasol" kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy ko'magi evazida tayyorlandi.
Yuklash

Olma zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash
Ixcham hajmdagi, illyustratsiyalashtirilgan kartochkalar - olma zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash haqidagi axborotni o'z ichiga oladi. Mazkur kartochkalar "Sasol" kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy ko'magi evazida tayyorlandi.
Yuklash

O'zbekistonda zamonaviy intensiv olma bog'lari
O'zbekiston savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikdagi loyihasi "O'zbekiston biznes-forumi (III-faza)" ning inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanish yo'nalishi doirasida zamonaviy intensiv olmazor bog'lar yaratish bo'yicha mahalliy o'ziga xosliklar inobatga olinib tuzilgan amaliy qo'llanma ishlab chiqildi. Shuningdek, bu mavzuda o'zbekistonlik fermerlar uchun treninglar tashkil etish mo'ljallangan.
Yuklash

"Mevali daraxtlarga shakl berish, kesish va payvandlash" qo'llanmasi
"Mevali daraxtlarga shakl berish, kesish va payvandlash" qo'llanmasi mevali daraxtlarning rivojlanishi, danakli va urug'li meva daraxtlariga shakl berish, mevali daraxtlarni payvand qilishning umumiy qoidalari va usullari hamda nima sababdan mevali daraxtlar meva qilmasligi masalalari haqida ma'lumotlar beradi. Qo'llanma bog'dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaligi ishchilari hamda aholining shaxsiy tomorqalarida mevali daraxtlar o'stirish bilan shug'ullanadigan bog'bonlarga meva yetishtirishda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Yuklash

O'zbekiston arid turdagi adirlarida navlar asosida xandon pista o'rmonzorlarini yetishtirish bo'yicha tavsiyalar.
O'zbekiston Yergeodezkadastr davlat qo'mitasining ma'lumotlariga asosan, 2007 yil holatiga ko'ra O'zbekistonda adir va tog'oldi tabiiy hududlarida 700 ming gektarga yaqin namlik bilan shartli ta'minlangan va ta'minlangan lalmikor yerlar mavjud. Bunday yerlar Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxon- daryo viloyatlari va Farg'ona vodiysining chet hududlarida mavjud. Odatda, bu hosil berish ehtimoli yuqori bo'lgan tipik yoki qora bo'z tuproqlardir. Bu yerda cho'l hududiga qaraganda ko'proq yog'ingarchilik bo'lishi kuzatiladi (yiliga kamida 300 mm).
Yuklash

 

SHARE

Komment qoldirish