O‘zbekiston gilos yetishtirish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egallab turibdi

O‘zbekiston gilos yetishtirish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egallab turibdi

1983
0

Toshkent shahridagi Radisson Blu mehmonxonasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” (AVC) loyihasi doirasida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda an’anaviy gilos ko‘rik-tanlovini tashkil etdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

USAID O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Jon Riordan tadbirda ishtirok etayotgan fermer xo‘jaliklari, agrobiznes korxonalari hamda davlat tashkilotlari vakillari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi mahalliy va xorijiy ekspertlarni qutladi.

Tanlovda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan keltirilgan o‘nlab gilos navlari bozorbopligi, yirikligi va sifati bo‘yicha 3 xil yo‘nalishda namoyish etildi. Bundan tashqari, “Eng zo‘r gilos” nominatsiyasida alohida sovrin taqdim etildi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarga turli viloyatlardan kelgan hamkasblari bilan tajriba almashish, gilos yetishtirish, qadoqlash, saqlash va transportda tashishning yangi usullari hakidagi seminar-treningda o‘zaro fikr almashish imkoniyatini yaratdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston 100 000 tonna hajm bilan jahonda gilos yetishtirish bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

3 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: