Pomidor kasalliklari

Pomidor kasalliklari

4255
0

FITOFTORA (Pi)
Belgilari: Zararlangan barglarning bandi pastga qarab qiyshayadi.Poya va barglardagi zararlangan joylar yashil, namlik bilan to‘yingan noaniq shakldagi yirik dog‘lar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Mazkur dog‘larning o‘lchami ortib boradi, jigarrang tusga kiradi va qog‘ozsimon bo‘lib qoladi. Mevalardagi zararlangan joylar esa qattiq noaniq shakldagi katta jigarrang-yashil dog‘lar ko‘rinishida ifodalanadi. Mevadagi bunday zararlangan joyning yuzasi dag‘al, moysimon ko‘rinishda bo‘ladi.

Kasallikning rivojlanish sharoitlari:Kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ o‘zi chiqqan va tomorqalarda yetishtiriladigan kartoshka va pomidorda, shuningdek ituzumguldoshlar oilasiga mansub begona o‘tlarda saqlanishi mumkin. Kasallikning rivojlanishiga salqin va nam ob-havo qulay imkoniyat yaratadi.

Kurash choralari:Mazkur kasallikka qarshi fungitsidlar purkash va kasallikning avj olishini bashorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish unga qarshi kurashning eng samarali vositasi hisoblanadi. Pomidorni kartoshkadan so‘ng yoki kartoshka bilan yonma-yon yetishtirish tavsiya etilmaydi, chunki kartoshka o‘simligi ko‘pincha mazkur kasallik kqo‘zg‘atuvchisining manbai hisoblanadi.

28 ENERGO - TEJ AMKOR ISSIQ XONA LARNI QURISH VA ULARDAN FOYDALANISH BO‘YIChA QO‘LLANMA

FUZARIOZ SO‘LISh (Fol)

Zararlangan nihollar o‘sishdan to‘xtaydi, uning katta yoshli barglari va urug‘ pallalari esa sarg‘ayadi va so‘liydi. Kuchli zararlanganda nihollar ko‘pincha nobud bo‘ladi. Katta yoshli nisbatan yirik o‘simliklarda kasallikning birinchi belgilari ancha qari barglarning sarg‘ayishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha murakkab bargning bir tomonidagi yaproqchalari yoki shoxning bir tomonidagi barglarning sarg‘ayishi kuzatiladi. Zararlangan barglar so‘liydi va qurib qoladi, ammo to‘kilib ketmaydi. Zararlangan o‘simliklarda quyoshli kunlarda kunduzgi so‘lish kuzatiladi va ular ko‘pincha o‘sishdan to‘xtaydi. O‘simlikning poyasi diagonal bo‘yicha kesilganda yoki markaziy poyaga tutashgan yon shoxlar uzib olingandao‘tkazuvchi to‘qimalarning o‘simlik bo‘ylab yuqoriga qarab tarqaluvchi o‘ziga xos qizg‘ish-jigarrang tusga kirganligi ko‘rinadi.



Kasallikning rivojlanish sharoitlari:Kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ tuproqda uzoq yillar mobaynida saqlanishi va qishloq xo‘jalik texnikalari, zararlangan o‘simliklar qoldiqlari va sug‘orish uvlari bilan tarqalishi mumkin. Zararlanish tuproqqa ishlov beruvchi uskunalar ta’sir shikastlangan ildizlar, qo‘shimcha ildizlar va nematodalar orqali sodir bo‘ladi. Kasallik tuproqning harorati yuqori (28°S) bo‘lganda tez rivojlanadi. Ozuqa mikroelementlari, fosfor va ammiak azotining yuqori konsentratsiyasi kasallikning kuchayishiga imkon beradi.

Kurash choralari:Chidamli navlardan foydalanish mazkur kasallikka qarshi kurashning eng samarali usuli hisoblanadi.

KLADOSPORIOZ (Ff)

Belgilari:
sarg‘ayadi va to‘kilib ketadi. Kasallikning birinchi belgilari qari barglarning tashqi yuzasida zararlangan joylar ko‘rinishida paydo bo‘ladi, ularning rangi och yashildan sarg‘ishgacha o‘zgaradi.

Bir vaqtning o‘zida bargning ostki yuzasidazamburug‘ning zaytunrang-yashil konidiyalari to‘plamihosil bo‘ladi. Kasallik rivojlangan sari barglar sarg‘ayadi va to‘kilib ketadi. Kasallikning birinchi belgilari qari barglarning tashqi yuzasida zararlangan joylar ko‘rinishida paydo bo‘ladi, ularning rangi och yashildan sarg‘ishgachao‘zgaradi.

Bir vaqtning o‘zida bargning ostki yuzasidazamburug‘ning zaytunrang-yashil konidiyalari to‘plamihosil bo‘ladi. Kasallik rivojlangan sari barglar sarg‘ayadi va to‘kilib ketadi.
Barglardan tashqari o‘simlikning poyasi, gullari va mevalari xam zararlanishi mumkin. Zararlangan mevalarning bandi tomonida qora rangli po‘stdor chirish hosil bo‘ladi.

Kasallikning rivojlanish sharoitlari:Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning xayotchanligi tuproqda va zararlangan o‘simlik qoldiqlarida bir yildan biroz kamroq muddat mobaynida saqlanishi mumkin. Zamburug‘ning konidiyalari shamol va yomg‘ir tomchilari bilan oson tarqaladi. Ular ishchilarning kiyimi va qishloq xo‘jalik mashinalari bilan xam tarqalishi mumkin. Kasallikning rivojlanishiga yuqori nisbiy namlikdagi havo (90%) va haroratning yuqori (24°S) bo‘lishi qulay imkoniyat yaratadi. Unutmaslik lozimki, zararlanish haroratning 10-32°S dipazonida yuz beradi. Havoning nisbiy namligi 85% dan kam bo‘lganda kasallik rivojlanishdan to‘xtaydi.

Kurash choralari:Fungitsidlarni o‘z vaqtida purkash, shuningdek havoning aylanishini ta’minlash va issiqxonani isitish yo‘li bilan havoning nisbiy namligini 85% dan pasaytirish kasallikning zararini kamaytiruvchi samarali chora bo‘lishi mumkin.Imkoniyatga qarab chidamli navlardan foydalanish tavsiya etiladi, biroq bu ko‘pincha mazkur zamburug‘ning xilma-xil fiziologik irqlari tufayli qiyinchilik tug‘diradi. Chidamli navlardan foydalanish mazkur kasallikka qarshi kurashning eng samarali usuli hisoblanadi.

SARIQ DOG‘LI BARGLARNING SO‘LISHI (TYLCV)


Kasallikning rivojlanish sharoitlari:Kasallikni qo‘zg‘atuvchi virus zararlangan pomidor o‘simligi yoki ituzumguldoshlar oilasiga mansub bir necha xil begona o‘tlardan batat oqqanoti lichinkasiga o‘tadi va persistent usulda (ya’ni tashuvchining organizmida uzoq vaqt saqlangan xolda) pomidor o‘simligiga oqqanotning yetuk zotlari tomonidan olib o‘tiladi. Virus mexanik yo‘l bilan yuqmaydi. Mazkur kasallikning kuchli avj olishi ko‘pincha oqqanot populyatsiyalari sonining ortib ketishi bilan bog‘lik bo‘ladi.


Kurash choralari:Chidamli navlardan foydalanish, shuningdek pomidor ekinzorlari yaqinidagi ituzumguldosh begona o‘tlarni yo‘qotish kasallikning zararini ancha kamaytirishgaimkon beradi. O‘simliklarga mineral moylar bilan tizimli ishlov berish kasallikning tarqalish darajasini kamaytirishi mumkin, chunki bunda virusning oqqanotga o‘tishi va u orqali yuqishi kamayadi. Ko‘chat qatorlarini oqqanotlarni jalb etuvchi sariq polimer plyonka bilan mulchalash va insektitsidlarni muntazam purkab turish ayrim xududlarda mazkur kasallikka qarshi kurashda samarali natija bergan.

Zang kana — pomidor mevalari va barglari shaklini o‘zgartirib o‘stirmay qo‘yadi. Unga xos asosiy xususiyat o‘simlik bargi va mevalarida katta-katta gurux shaklida to‘planishidir. Agarda uz vaqtida unga qarshi kurash choralari qo‘llanilmasa, u hosilning butunlay nobud qilishi mumkin.

Zang kanaga qarshi kurashishda o‘simliklarga 0,1 foizli neoron yoki 0,1% nissaran preparatlari bilan purkab ishlov berilsa, sepilgandan so‘ng 2-kuni kanalar butunlay qirilishini ta’min etadi, bu preparatni hosilni terishdan bir oy oldindan qo‘llash lozim. Zang kanaga qarshi kurashda sinovdan o‘tkazilgan preparatlar bo‘yicha eng yaxshi natija tarkibida oltingugurti bo‘lgan preparatlar bo‘yicha olindi. Jumladan, bir qism maydalangan oltingugurtga 2 qism tuproq aralashgirib changlatish juda yaxshi natija beradi.

O‘rgimchak kana — respublikamizdagi issiqxonalar maydonlarining barchasida tarqalgan. U barglarning pastki qismiga joylashib olib, o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi, u bilan kuchli zararlangan o‘simlik qismi o‘rgimchak turi bilan qoplanadi.
O‘rgimchak kanaga qarshi kurashishda 0,1% nissaran, 0,1 foizli neoron, 0,2 foizli akreks preparatlaridan foydalaniladi.

Manba: Tomorqa.mehnat.uz
17 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: