Issiqxona va parniklarda sabzavot yetishtirish ishlari taqvimi

Issiqxona va parniklarda sabzavot yetishtirish ishlari taqvimi

3754
0

Dekabr parnik va issiqxonalarda xo’jalik asboblari ta’mirlanadi. Parnik uchun go’ng va chirindi tayyorlanadi. Yangi parniklar uchun chuqurlar qaziladi. Ertagi karam urug’ini sepish uchun parniklar chirindilardan tozalanadi, parnik kesaklari o’rnatiladi, parnik chuqurlariga go’ng va tuproq solinadi. Parnikka ertagi karam va gulkaram urug’lari sepiladi.

Parnik asbob-uskunalari va teplitsalar dizenfeksiya qilinadi. Qamish tayyorlanadi, bordon to’kiladi. Ko’chat yetishtiriladigan issiqonalarga bodring va pomidor urug’lari sepiladi. Issiqxonadagi qishki ekinlar parvarish qillinadi.

Yanvar parnik va issiqxonalarda go’ng tayyorlanadi, parnik asbob-askunalarini ta’mirlassh davom ettiriladi.

Eski parniklar chirindilardan tozalanadi, parnikka kesakilar o’rnatiladi, parniklar go’ng va parnik tuprog’I bilan to’ldiriladi. Parnikka ertagi karam urug’lari 15 yanvar oyigacha sepiladi. Issiqxonalardagi bodring va pomidor ekinlari o’z vaqtida parvarish qilib turiladi.

Ertagi karam ko’chatlari yakkalanadi. Parnik atrofidagi maydonlarga ekiladigan ko’chatlar go’ng chirindili tuvaklarga ko’chiriladi. Biologic usulda ilitiladigan va ko’chat o’stiriladigan issiqxonalarga pomidor va bodring urug’lari ekiladi, parniklar uchun go’ng-chirindili tuvaklar tayyorlanadi.

Fevralda parnik va issiqxonalar midor, baqlajon, qalampir urug’lari sepishga tayyorlanadi, urug’lar sepiladi.

Parniklardagi karam ko’chatlari parvarish qilinadi, sug’oriladi, shamollatiladi, oziqlantiriladi. Ko’chat o’stiriladigan parniklar sabzavot ekish va ko’chatlarini o’tqazish uchun tayyorlab qo’yiladi.

Bodring va pomidor ko’chatlari ko’chat yetishtiriladigan issiqxonadan hosil yetishtiriladigan boshqa issiqxonaga ko’chiriladi.

Tuvakchadagi bodring, boshkaram va gulkaram ko’chatlari parnik hamda ko’chatzorlarga ekiladi.

Parnikka rediska, ukrop, kashnich, shavel ekiladi. Issiqxonalarga ekilgan bodring va pomidor ko’chatlari muntazam parvarish qilib turiladi.

Parniklar ertagi karam urug’i sepishga tayyorlanadi.

Martda arnik va issiqxonalarda pomidor, qalampir, baqlajan ko’chatlari ko’chirish uchun parniklar chirindili tuproqlar bilan to’ldiriladi. Ertagi pomidor ko’chatlari tuvaklarga ko’chiriladi. Kechki pomidor, baqlajon va qalampir urug’i martning birinchi o’n kunida sepib tugallanadi. Ertagi karam urug’ parnikka sepiladi. Ertagi karam urug’i parnikka sepiladi. Ertagi karam ko’chatlari tanlab olib ekiladi.

Parnik va issiqxonalardagi rediska va turli ko’katlar yig’ishtirib olinadi. Parniklardagi ko’chatlar, issiqxonalardagi ekinlar parvarish qilinadi: shamollatiladi, sug’oriladi, oziqlantiriladi va bodring ekini chilpilladi. Bodring hosili yig’ishtirib olinadi. Tuvakdagi karam ko’chatlari dalaga o’tqaziladi.

Bodring, qovun urug’larini tuvakka ekish tamomlanadi. Parnik atrofidagi hududga  pomidor ko’chatlari o’tkaziladi. Tuvakdagi karam ko’chatlari dalaga o’tqaziladi.

Aprelda parnik va issiqxonalarda dalaga ekish  uchun pomidor, qalampir, baqlajon, ko’chatlari tanlanadi. Ko’chatlar yig’ishtirib olingan parniklar dorilab o’rniga pomidor, qalampir, baqlajon, baqlajon, bodring, qovoq va boshqa ekinlar ekiladi.

Boshkaram va gulkaram hosili tanlab uziladi. Rediska va turli ko’katlar: barra, piyoz, shavel, ukrop, kashnich yig’ishtirib olinadi.

Issiqxonalardagi bodring, rediska va turli ko’katlar uziladi, sug’oriladi, bodringning kobachki novdalari olib tashlanadi, tuplari boylanadi, pomidor va bodring qo’shimcha ziqlantiriladi.

May oyida parnik va issiqxonalardagi pomidor, qalampir, baqlajon, ko’chatlari va bohqa ekinlar ko’chatdan bo’shagan parniklarga ekiladi.

Ilgari shu ekinlar bilan band bo’lgan parniklar chopiq qilinadi, sug’oriladi, fosforli o’g’itlar bilan o’g’itlanadi.

Parniklarda o’stiriladigan ertagi boshkaram va gulkaram hamda ko’kat ekinlar hosilini yig’ishtirib olish tugallanadi.

Issiqxonalarda yoppasiga pomidor uzila boshlaydi.

Issiqxonadagi ekinlar mineral va suyuq organic o’g’itlar bilan oziqlantiriladi, begona o’tlarga, zararkunanda va qarshi kurashiladi.

Sentabrda parnikka va parnik atrofidagi maydonga ekilgan pomidor, qalampir hamda baqlajon hosili uzilgach, oxirigi suv beriladi. Compost aralashtiriladi, issiqxonani isitish asbob-uskunalari ta’mirlanadi, kuzgi-qishki o’stirish uchun issiqxonlarga bodring ko’chati ekiladi. Go’ng-chirindili tuvaklar tayyorlanadi.

Oktabrda parnik va issiqxonalar atrofidagi maydonga ekilgan pomidor, qalampir va boshqa ekin poyalari yig’ishtirib olinadi. Kompost yaxshilab aralshtiriladi. Parnik va issiqxonalar uchun chirindili tuproq tayyorlanadi va tashib keltiriladi. Parnik atrofidagi maydon shudgulanadi. Chirindili tuproqdan tuvakchalar tayyorlanadi.

Noyabrda parnik va issiqxonalardagi asbob-uskunalar, shuningdek, issiqxonalarni ta’mirlash ishlari davom ettiriladi. Issiqxona bodring va pomidor urug’larini sepishga tayyorlanadi, urug’ ekiladigan yashiklar yasaladi, so’kchaklarga tuproq to’ldiriladi.

Parnik va issiqxonalar uchun go’ng va chirindili tuproq tayyorlanadi. Mart to’kiladi, go’ng-chirindili tuvaklarga yasaladi. 

43 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: