Asalarilarni bog‘lar, sabzavot, poliz va boshqa o‘simliklar hosildorligiga ta’siri

Asalarilarni bog‘lar, sabzavot, poliz va boshqa o‘simliklar hosildorligiga ta’siri

2022
0

Asalarichilik qishloq xo‘jaligining serdaromad sohalaridan biridir. Respublikamizning tabiiy sharoiti ham asalari oilalarni tezkor texnalogiya asosida boqish uchun juda qulaydir. Shuning uchun asal yetishtirish Respublikada salmoqli o‘rinda turish mumkin. Asalarichilik mahsulotlarni ko‘paytirishga qaratilgan tadbirning ishlab chiqish, asalarichilik fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan jarayonlarga mahalliy populyatsiyadagi asalarilar alohida axamiyatga ega.
O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligi ekinlarni hosildorligini oshirishda asalari oilalarni zamonoviy ilg‘or texnalogiya asosida ekinzorlarda boqib, asalarchilik mahsulotlar yetishtirishni ko‘paytirish uchun qulay imkoniyatga ega. Asal, mum, gulchangi, propolis, asalari suti va zaxri nihoyatda qimatbaho nematlar bo‘lib, inson salomatligi, tibbiyot va farmotsevtika sanoati uchun juda noyob xom ashyo sanaladi.
Tabiatning ekologik holatini muvofiqlashtirib turishda ham asalarilar o‘rni boshqa hech qanday jonivorlar ham bosa olmaydi. Shuningdek, qishloq xo‘jalik ekinlarni asalarilar yordamida changlatish ekinlar xosildorligi oshirishga katta ta’sir bor. G‘o‘za o‘simligi asalarilar bilan changlatilsa, hosildorlik 25 foizgacha ortishi, ko‘saklar soni 12-13 foizga ko‘payishi ilmiy jixatda isbotlangan. Shuning bilan birga ko‘saklarni yetishi muddatlari tezlashadi, tola va urug‘ sifati yaxshilanadi. Chigitning unuvchanlik qobliyati ortadi va puch urug‘lar soni kamayadi.
Asalarilar g‘o‘za, mevali bog‘lar, poliz, va rezavor mevalar gulini chetdan changlatish natijasida ularni turlarni sog‘lomlashtirish va yuqori mahsuldor navlarni vujudga keltirishga sharoit yaratadi. Bu o‘z ahamiyatiga ko‘ra asalarichilikda mahsulot yetishtirishga nisbatan muxumroq bo‘lib hisoblanadi. Gul shirasi bu o‘simliklarni gullari maxsus to‘qima va organlari orqali ajratadigan shirin suyuq moddasi bo‘lib, daraxt va o‘simliklarni gullari shira ajratish organlari orqali ajratadi.
Gul shirasi tarkibiga asosan saxaroza, glyukoza va fruktoza qand moddalari kiradi. Bu asalarilarning xayoti uchun kerakli bo‘lgan ozuqa hisoblanib, asalari tanasida energiya manbaiga aylanadi. Daraxt va o‘simlikning gul shirasi ajratishi(turiga ham bog‘liq bo‘lib) 5 foizdan 70 foizgacha bo‘ladi. Asalarilar tarkibida 50 foizgacha qand moddasi bo‘lgan gul shirasini yaxshi oladi. Agar o‘simlik gulidagi shira tarkibida shakar 5 foizni tashkil qilsa, yoki shirani suyuqlik miqdori 70 foizdan oshsa bundan xolatlarda asalari shira olishdan voz kechadi.
O‘simliklarga havo haroratini kechasi sovuq bo‘lishi, shamol va juda xam yuqori issiq bo‘lishi gul shirasi ajralishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Namlikni yetarli bo‘lishi, mahaliy o‘g‘it, kaliy va azot moddalarni o‘z vaqtida soligan maydonlardagi o‘simlik va daraxtlar yaxshi gul shirasi ajratadi. Bog‘dorchilik, sabzavotchilik, urug‘chilik, polizchilik va paxtachilik tarmoqlari asalarilarni to‘yimli ozuqa bazasi bo‘lib xizmat qiladi va ular ketma ket asalarilar uchun gulchangi bilan turishni ta’minlaydi.
Asalarilar orqali bog‘zorlarda, sabzovotlarda, ekinlar urug‘chiligida va paxtachilikda gullarni chetdan changlatish tashkil etish: ularnining birgina xosildorligini oshirib qolmasdan, mevalarni va sabzovotlarni xaridorbop kurinishni yaxshilaydi. Asalarilar bilan changlantirilgan daraxtlar va o‘simliklar urug‘idan ekilgan o‘simliklar, mevalar, sabzovotlar va poliz ekinlarni o‘sish qobiliyati va mahsuldorligi ham yuqori bo‘ladi.
Yana shuni aytish joizki, asalarilar yordamida bog‘larni changlatish o‘z vaqtida bog‘da gulchangi ko‘p bo‘lgan vaqtda o‘tkazilgan bo‘lsa, hosildorligi oshishi bilan birga yetishtirilgan maxsulot tarkibida protein va qand miqdori ham yuqori bo‘lishi hisobiga ulardan sifatli mevasi hosil bo‘ladi. Asalarichilikda gul shirasi beruvchi: olma, nok, behi, olcha, olxo‘ri, gilos, o‘rik va shaftoli kabi daraxtlar katta rol uynaydi. Bog‘zorlar ( mavsumiga qarab) mart aprel va may oylarida 10-12 kun davomida gulaydi, bu davrda 1 gektar bog‘lardan (mevali daraxt turiga qarab ) 15-40 kilogrammgacha asal olish mumkin.
Daraxtlarni gullash vaqtida bog‘zorlarga asalari oilalarni joylashtirilib, asalarilar yordamida changlanganda bog‘larni xosildorligi oshgan. Farg‘ona viloyati asalarichilik uyushmasida qishloq xo‘jalik ekinlarni asalarilar bilan changlatish hisobiga mevali daraxtlar xosildorligi oshirish bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida o‘rganib kurilgan. Masalan, shaftoli hosildorligi 1,2 martaga, bexi 1,43 martaga, olma xosildorligi 6-8,3 martagacha, olxuri hosildorligi 8-11 martaga, gilos hosildorligi 15-20 martagacha va o‘rik hosildorligi esa 5-5,9 martagacha oshganligi aniqlangan.
Asalari bilan changlatish rejalashtirilgan bog‘ to‘rtburchak yoki aylana shaklda bo‘lsa 40-50 ta asalari oilasini bog‘ni o‘rta qismiga joylashtirish kerak bo‘ladi. Bog‘ atrofida asalarni diqqatini jalb qiladigan o‘simliklar bo‘lmasligi kerak. Bog‘larni ichki qismiga beda va raps ekish maqsadga muvofiqdir beda yoki rapsni o‘rib olgancha yoki uni haydab tashlangandan so‘ng, bu yerda ularni tomirlari ham qolib (gumuz), bog‘ni xosildorligi oshiradi, bu o‘simliklar (gullash hisobiga) bog‘da asalarlarni saqlashga, mevali daraxtlarni asalarilar orqali changlatish imkoniyat yaratilib, bog‘lar xosildorligini oshirishga imkoniyat bo‘ladi.
Keyingi yillarda fermer va dehqon xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik ekinlari, ayniqsa beda, sabzovot va boshqa ekinlar hamda bog‘dorchilik xo‘jaliklarida asalarilar yordamida gullarni changlatishga juda katta ehtiyojlar sezilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bir gektar o‘simlik va bog‘larni changlash uchun kerak bo‘ladigan asalari oilalarining soni bo‘yicha o‘tkazilgan tajirbalarga asoslanib, quyidagi miqdordagi asalari oilasi tavsiya etiladi.
Bir gektar uzumzorga 2-3 ta asalari oilasi, urug‘lik piyozga 0,5-1 ta asalari oilasi, urug‘lik sabzi 0,5-1 ta, olma, olxuri, behi, nok, urik, shaftoli kabi mevalar 3 tadan va olcha hamda gilos o‘simliklariga esa 4 tadan asalari oilasi joylashtirish tavsiya etiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarni asalarilar yordamida changlatishda uchun asalarichilik iqtisoslashgan xo‘jaliklar bilan tomonlarning uzoro kelushuv shartnomalari asosida keltirilgan meyorini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Yo.Shukurov, O.To‘rayev

4 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: