BODIRING CHANQOQNI BOSADI VA OILAGA DAROMAD KELTIRADI...

BODIRING CHANQOQNI BOSADI VA OILAGA DAROMAD KELTIRADI...

2261
0

Amalga oshirish texnalogiyasi
Ertagi bodring janubiy mintaqalarda 1–15 aprel, markaziy mintaqa viloyatlarida 10–20 aprel, shimoliy mintaqalarda esa 20–30 aprelda ekiladi. Bunda urug‘lar ochiq maydonga SBU–2,4A seyalkasida 70x30, 90x20 sm tizimida 4–5 sm chuqurlikka ekiladi. Urug‘ sarfi gektariga 4–5 kg. Nihollar urug‘ palla chiqarganda birinchi, bitta chinbarg davriga kirgandan keyin esa ikkinchi marta yagana qilinadi.
Podiring urug‘larini "Meva va sabzavot ekinlari va kartoshkachilik" ITI va “O‘zmevasabzavoturug‘sanoati” uyushmasidan tashkil etilgan Agrofirmalar orkali yetkazib beriladi.
Qator oralariga KRN–2.8A, KON–2.8, KXO–4 rusumli agregatlar bilan 15–16 sm chuqurlikda ishlov berib, o‘simlik atrofini muntazam yumshatib, oziqlantirib va sug‘orib turish kerak. Vegetatsiya mobaynida har ikki-uch sug‘orishdan keyin qator oralari 15–16 sm chuqurlikda yumshatib turiladi.
Mo‘l hosil yetishtirishda gektariga 20 tonna go‘ng, sof holda 180 kg azot, 100 kg fosfor va 75 kg kaliy o‘g‘iti berish tavsiya etiladi. Yerga asosiy ishlov berilganda organik o‘g‘itning hammasi, fosfor va kaliyning 75 foizi solinadi. Birinchi oziqlantirishda fosfor va kaliyning qolgan 25 foi¬zi, azotning 50 foizi, ikkinchi oziqlantirishda azotli o‘g‘itning qolgan 50 foizi beriladi.
Bodring juda serpalak ekin. Uning asosiy poyasi 1–2 metrgacha yetadi. Bodringning ildizi esa unchalik rivojlanmagan va uning asosiy qismi tuproqning haydalma qatlamiga, ya’ni 25–30 sm chuqurlikka taraladi. O‘simlikni yerning ustki qismi bilan ildizlarining rivojlanishi o‘rtasidagi nomuvofiqlik ekinni tez-tez sug‘orib turishni taqozo qiladi. Shu sababdan bu ekin suvga o‘ta talabchandir.
Poliz ekinlari urug‘ining unib chiqishi ekish muddatini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Yurtimizning markaziy mintaqasida joylashgan viloyatlarda qovun va tarvuzning ertagi navlari 15 aprelgacha, o‘rtagisi 20 apreldan 10 maygacha, kechkisi 15 maydan 10 iyungacha, janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10 aprelgacha, o‘rtagisi 10–20 aprelda, kechkilari esa 10–20 iyunda ekiladi. Shimoliy mintaqalarda ertagi navlarni 20 aprelgacha, o‘rtagisini 25 apreldan 10 maygacha, kechkisini 20–30 mayda ekish lozim. 1 sotix yerga ekilgan bodiringdan 2 mln.so‘mgacha daromad olish mumkin.

Manba: Tomorqa.mehnat.uz

10 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: