Kungaboqarni takroriy ekin sifatida yetishtirish

Kungaboqarni takroriy ekin sifatida yetishtirish

2104
2

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Jahongir, Dilbar, Navro‘z va h.k.

Urug‘lik tanlash va ekishga tayyorlash. Ekish uchun yirik, to‘la yetilgan va shikastlanmagan urug‘lar tanlab olinadi.

Yerni ekishga tayyorlash. Kungaboqar kuzgi don ekinlaridan, kartoshka, sabzavot, makkajo‘xoridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Dastlab yer o‘tmishdosh ekinlarning qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi va 25–27 sm chuqurlikda yumshatilib, tekislanadi.

Ekish muddati va sxemasi. Kungaboqar takroriy ekin sifatida iyun oyining 15 sanasidan keyin va 10 iyulgacha ekiladi. Qator orasi 60, 70 sm, ekish tizimi 60x20, 70x15 bo‘ladi. Bunda 10 sotix maydonga 1 kg urug‘ sarflanadi. Ekish chuqurligi 5 –7 sm.

Parvarishlash. O‘suv davrida qator orasiga ishlov beriladi, sug‘oriladi. Sug‘orish soni 3–5 marta, o‘toq va chopiq qilinadi.

O‘g‘itlash. 3 kg fosfor, 8 kg kaliy va 6 kg azot sepiladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Kungaboqarning savati yetilganda savat kesib olinadi, poyalar o‘riladi. Savat quritiladi, yanchiladi, namligi 9 foizdan oshmasligi kerak.

Manba: Mehnat.uz

8 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti:

    Bildirilgan fikrlar

  1. Салом мен Самарқанд вилоятиданман сахифаларингизда булғар қаланпири кўчатларинидан тортиб хосилни йиғиштиргинча бўлган жараённи кўпроқ ва аниқроқ ёритсаларингиз.

    ...
  2. Салом мен Самарқанд вилоятиданман сахифаларингизда булғар қаланпири кўчатларинидан тортиб хосилни йиғиштиргинча бўлган жараённи кўпроқ ва аниқроқ ёритсаларингиз.

    ...