Asosiy meva turlari, navlari va ularni yetishtirish texnologiyasi

Asosiy meva turlari, navlari va ularni yetishtirish texnologiyasi

2442
0

Meva turlari ichida O’zbekistonda eng ko’p tarqalgani olma hisoblanadi. U xar hil tipga ega bo’lgan toshloqli, o’tloqli, yer osti suvi yer yuzasiga yaqin joylashgan, bir oz sho’r bosgan turfa tuproq va iqlimli zonalarda bemalol o’sadi. Olma daraxtlari kuchli va vegiitativ usulda ko’paytirilgan past bo’ylipayvandtaglarga ulanganda dengizdengiz satxidan 200-1200metr baland joylashgan yerlarda normal o’sadi va xosil beradi. Olma daraxti ko’p yil umr ko’rishi va mo’l hosil berishhi bilan birgaboshqa mevalardan farqlanadi. Dengiz satxidan 800-1000 m balandlikda yoz davrida bir-ikki sug’orish bilan normal o’sib, yaxshi hosil berish qobilyatiga ega. Olmani  juda ko’p navlari bo’lib, ularning ertagi navlari iyun oyida pishib  yetilsa, o’rta pisharlari iyul-avgustda, nihoyat kechpishari setabr oyida yetiladi. Olmaning ayniqsa kech pisharlari uzoqlarga tashishga chidamli bo’ladi. Ehtiyotlik bilan zaxa qilmasdan terib olinganlari maxsus xonalarda va sovitgich-holadilniklarda asralganda kelgusi yil iyun oyiga qadar yaxshi turadi. Buning natijasida aholini yil mobaynida ho’l meva bilan ta’minlash imkoniyati tug’iladi.

O’zbekiston mevachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutining labaratoriyasida o’tkazilgan tajribalar natijasida Toshkent viloyati nohiyalarida o’stirilgan olma mevalarida qand, kislota, pectin moddalari ko’pligi aniqlandi. Bu borada viloyatda yetishtirilgan olma mevalaridagi zarur moddalar Belarusiya va Rossiyaning o’rta qismi sharoitida yetishtirilgan olma mevalaridan hech qolishmaydi.

Olma mevasing kimyoviy tarkibiga suv, eriydigan va erimaydigan moddalar kiradi. Qand moddasidan ko’proq fruktoza, kamroq saxaroza bo’lib, glyukoza oz miqdorda bo’ladi.

Mevalarda qand va kislotalarning yig’ilishi, ularning pishib yetilish muddatlariga bog’liqdir. Yozgi navlarida o’rtacha qand 9,48%,kislota 0,77% bo’lib, kuzgi navlarida 10,65-o,48%, qishki navlarida esa 10,10% qand 0,59% kislota mavjud.

Asosan qand kuzda pishib yetiladigan mevalarda ko’proq bo’ladi.

Tog’ etaklarida esa dengiz satxidan 1100m balandlikda o’stirilgan olma mevalarida esa C vitamin 4,00-18,20mm gacha , dengiz satxidan 480m balandlikda esa 0,52dan to 3,80 mm gacha borligi aniqlangan.

8 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: