Renet Semerenko eng keng tarqalgan olma navi

Renet Semerenko eng keng tarqalgan olma navi

2007
1

Renet Semerenko –O’zbekistonda eng keng tarqalgan nav hisoblanadi. U serhosil, mevasini uzoq vaqt saqlash, uzooq shaharlarga yuborish mumkin bo’lgan eng yaxshi nav hisoblanadi. Daraxtlari barvaqt hosilga kiradi, mevalari anchagina yirik, shox-shabbalari yoyilibroq, sershox bag’irli bo’lib o’sadi. Kuchli payvandtaglarda hosilga kirganda daraxt balandligi 6-7m ga yetadi, shox-shabbasining diametric 10-19m ni tashkil qiladi. Daraxtning yog’ochi uncha qattiq emas. Daraxt to’liq hosilga kirganda har bir hosilli shoxlarga tirgovich qo’yishga to’g’ri keladi. Mevasining vazni 120gr gacha. Shox-shabbalarida ko’proq xalqasimon mevali shoxlar bo’lib, uning chiviqli va meva shoxchalarini ko’rish mumkin. Uyg’onish davri martning ikkinchi yarmidan boshlanadi, o’sishi havo sharoitiga qarab noyabr oyi ichi ham davom etadi. O’sish davri 240-250 kunni tashkil qiladi. Rennet Semerenko O’zbekiston va O’rta Osiyoning boshqa qardosh hududlar uchun ham standart olma navi hisoblanadi. Uning asosiy afzalliklari –barvaqt hosilga kirishi, mazasi yaxshi, terib olingandan keyin uzoq vaqt saqlash mumkinligidir. Mevasi sentyabr birinchi yarmida terishga yetiladi. Rennet Semerenko uchun eng yaxshi changlovchi bo’lib Graym oltini, Qishki oltin olma, Renet Semerenko o’zi hisoblanadi.

Bu nav pakana payvandtaglarga payvand qilinganda, ekilishi ko’chatlar 3-4-yildan hosil beraboshlaydi. Urug’dan yetishtirilgan nihollarga payvand qilinganda esa kechroq, ya’ni 5-6 yilda hosil olish mumkin. To’liq hosil 8-9 yilga kelib olinib, u 200-300 kg ni tashkil qiladi. Mevasining maxsus binolarda kelgusi yili iyun oyigacha bemalol saqlash mumkin. 

6 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti:

    Bildirilgan fikrlar

  1. Bu niholdada 2700 juft kerak qerdan topsam bo'ladi

    ...