YURTIMIZDA XANDON PISTANING O`TTIZDAN ORTIQ TUR VA NAVI YARATILDI

YURTIMIZDA XANDON PISTANING O`TTIZDAN ORTIQ TUR VA NAVI YARATILDI

2043
2

Tadbir Global ekologik fondning O`zbekistondagi kichik grantlar dasturi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, Manzarali bog`dorchilik va o`rmon xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va O`zbekiston Fermerlari kengashi hamkorligida tashkil etildi, deya [url=http://uza.uz/oz/]xabar beradi O`zA.
 
Mamlakatimizda xandon pistaning mahsuldorligi yuqori “Saroyqo`rg`on olmosi”, “Sharq yulduzi”, “Olmos” kabi o`ttizdan ortiq tur va navi yaratildi. Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Andijon, Surxondaryo viloyatlarining tog`li hududlaridagi iqlim sharoiti xandon pistaning rivojlanishi, yaxshi hosil berishi uchun qulaydir. “Urojaynaya”,  “Zorka”, “Albina” kabi navlar barcha joyda yaxshi hosil beradi. Ayni chog`da Samarqand viloyatidagi Saroyqo`rg`on suv ombori atrofida, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog`, Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida ana shunday navlar madaniy holda o`stirilmoqda.
 
Global ekologik fondning kichik grantlar dasturi 2009 yildan buyon O`zbekistonda pistazorlar yaratish bo`yicha texnologiyalarni yanada ommalashtirish va tajriba almashish bilan bog`liq loyihani amalga oshirmoqda. Adir va tog`oldi hududlarida joylashgan erlar barcha hududlarda, jumladan, Toshkent viloyatida ham mavjud. Hozir bu erlardan bug`doy va moyli  ekinlar etishtirish yoki yaylov sifatida foydalanilmoqda. Bunda unumdorlik namgarchilikka bog`liq bo`lib, kamdan-kam hollarda gektaridan 8-10 sentner hosil olinadi. Lalmi erlardan unumli foydalanishning samarali muqobil usullarini yaratish talab etilmoqda. Tahlillarga ko`ra, xandon pista lalmi maydonlarda etishtiriladigan boshqa ekinlarga qaraganda bir necha barobar ko`p foyda keltirar ekan.
 
Tadbirda pista daraxti tog` yonbag`irlarini emirilishdan saqlashi, boshqa o`simliklar o`sa olmaydigan suvsiz joylarda ham meva berishi, bargidan ildiziga qadar inson salomatligi uchun foydali ekanligi borasida fikr-mulohazalar bildirildi. 

15 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

Ulashish

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti:

    Bildirilgan fikrlar

  1. Bir tup xandon pista nechi kg hosil beradi va u qancha vaqtda hosil beradi

    ...
  2. Sirdaryodaxam pista yetishtiriladmi.iqlmi to'g'ri keladmi

    ...